add

AI-80 benzini narxi 11 kundan beri uzluksiz qimmatlashmoqda

30.07.2025 | 12:0039303

O‘zbekistonda AI-80 benzini narxi 11 savdo sessiyasi davomida uzluksiz oshib bormoqda. Narx chegaralarining bekor qilinishi va tashqi bozorlardagi cheklovlar yoqilg‘i qimmatlashuviga turtki bo‘ldi. Ikki oyda benzin 16 foizdan ko‘proqka oshgan.

AI-80 benzini narxi 11 kundan beri uzluksiz qimmatlashmoqda
28 iyul kuni bir tonna benzin narxi yana 0,5 foizga ko‘tarilib, 10,83 mln so‘mni tashkil etdi. Bu oxirgi bor narx tushgan 11 iyuldan buyon 8,5 foizlik o‘sishni anglatadi. Yil boshidan beri benzin narxi 16,42 foizga oshgan bo‘lsa, iyul oyida o‘zi 10 foizga qimmatlashdi. Bunday dinamika ayniqsa 10 iyundan so‘ng yanada kuchaydi — aynan shu sanadan boshlab narxlarning 5 foizdan ortiq ko‘tarilishiga qo‘yilgan cheklov bekor qilingan edi. Bu esa bozor mexanizmlarini to‘liq ishga tushirdi. 2024 yil noyabr oyida Raqobat qo‘mitasi tomonidan belgilab qo‘yilgan narx chegaralari ham bekor qilingan. Shundan so‘ng benzin narxi 14,56 foizga ko‘tarilgandi. Avvalroq AI-80 benzinining bir tonnalik narxi 10 mln so‘mlik «psixologik» darajani oshgan edi. Ekspert Otabek Bakirov Rossiya benzini eksporti taqiqlanganini e’tiborga olib, narxlar yanada oshishini bashorat qilmoqda. Uning ta’kidlashicha, mayda importchilar bozordan chiqib ketishi, ichki ishlab chiqaruvchilar esa narxni belgilashda katta imkoniyatga ega bo‘lib qolishi mumkin. Ayni paytda, O‘zbekneftgaz 2025 yil sentyabridan boshlab AI-80 benzini ishlab chiqarishni to‘xtatishi va yuqori oktanli yoqilg‘ilar — AI-92 hamda AI-95 rusumlariga to‘liq o‘tishini ma’lum qilgan. Prezident fevral oyida AI-80 benzinidan foydalanishni cheklash va xalqni ekologik toza, sifatli yoqilg‘i bilan ta’minlash yuzasidan topshiriq bergandi.

Teglar

Mavzuga oid

AI-80 benzini narxi 11 kundan beri uzluksiz qimmatlashmoqda | Vaqt.uz