add

Alif O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini qo‘llash uchun bank ochmoqchi

04.09.2025 | 11:3019233

Markaziy Osiyo fintex kompaniyasi Alif O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun zamonaviy texnologiyalarga asoslangan bank tashkil etishni rejalashtirmoqda.

Alif O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini qo‘llash uchun bank ochmoqchi
Alif kompaniyasi O‘zbekistonda bank ochish rejasi haqida ma’lum qildi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, mazkur bank asosan kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘ladi. Uning faoliyatida sun’iy intellekt (AI), raqamli to‘lovlar va bulutli platformalardan foydalanish ko‘zda tutilgan. Kompaniya xabariga ko‘ra, yangi bank tadbirkorlar uchun ta’lim dasturlari va akseleratorlarni ham o‘z ichiga oladi. Shu yo‘l bilan Alif mahalliy biznesning barqaror o‘sishi uchun zamonaviy ekotizim yaratishni maqsad qilmoqda.
«Biz O‘zbekistondagi faoliyatimizni kengaytirmoqdamiz. Tadbirkorlar barqaror iqtisodiy o‘sishning asosidir va biz ular uchun eng yaxshi ekotizimni quryapmiz», — deyiladi kompaniya ma’lumotida.
Alifning rejalariga ko‘ra, yangi bank xalqaro standartlarga mos ravishda ishlaydigan mahalliy jamoalar bilan faoliyat yuritadi. Bu esa xizmatlar sifatini oshirish va raqamli moliya bozorida raqobatbardoshlikni ta’minlashga qaratilgan. Ma’lumot uchun, Alif — Markaziy Osiyoda faoliyat yuritayotgan yirik fintex kompaniyalaridan biri. U Tojikistonda to‘laqonli bank sifatida ishlaydi, O‘zbekistonda esa elektron tijorat va fintex xizmatlari bilan shug‘ullanadi.

Teglar

Mavzuga oid