add

Alisher Usmonov Oliy sud raisiga birinchi o‘rinbosar etib saylandi

05.09.2025 | 16:493632

Prezident taqdimnomasi va Senat qarori asosida Alisher Usmanov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi birinchi o‘rinbosari — sudlov hay’ati raisi etib saylandi.

Alisher Usmonov Oliy sud raisiga birinchi o‘rinbosar etib saylandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasi va Oliy Majlis Senatining tegishli qaroriga asosan Usmanov Alisher Ataxanovich besh yil muddatga Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari — sudlov hay’ati raisi lavozimiga saylandi.

Yangi tayinlov bilan birga sud tizimida bir qator o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, Ikram Muslimov Oliy sud raisi o‘rinbosari — sudlov hay’ati raisi lavozimidan ozod etildi. Kecha  Vaqt.uz o‘z manbalariga tayanib bu haqda xabar bergan edi.

Shuningdek, Nodira Xakimova Oliy sud sudyasi vazifasidan bo‘shatildi.

Alisher Usmanov bir vaqtning o‘zida Sudlov hay’ati raisi lavozimini ham egallaydi. Tayinlovga qadar u Namangan viloyati sudi raisi edi. Uning tayinlanishi mamlakat sud tizimida islohotlarni amalga oshirish va adolatni ta’minlashda muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Usmanovning kelgusi faoliyatida sud islohotlarini davom ettirish, odil sudlovni ta’minlash va fuqarolarning huquq hamda manfaatlarini ishonchli himoya qilish ustuvor vazifalardan biri bo‘lishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Alisher Usmonov Oliy sud raisiga birinchi o‘rinbosar etib saylandi | Vaqt.uz