Alliance Pay — ko‘proq imkoniyat, bankka kamroq tashrif
Sizga mablag‘laringizni tezkor boshqarish, hisob-kitoblarni oson va qulay amalga oshirish uchun samarali yechim kerakmi?

«Asia Alliance Bank» ATB kundalik moliyaviy operatsiyalar uchun zamonaviy bank xizmatlarini bir joyda jamlagan Alliance Pay mobil ilovasini taklif etadi.
Alliance Pay qanday hayotiy vaziyatlarda bankka tashrif buyurmagan holda mablag‘laringizni samarali boshqarishga yordam berishini ko‘rib chiqamiz.
Xorijga safar yoki sayohat oldidan tayyorgarlik
Vaziyat: siz xizmat safari yoki sayohatni rejalashtiryapsiz. Viza rasmiylashtirish uchun bankdan ma’lumotnoma, sayohat uchun esa xalqaro karta, sug‘urta va chet elga pul o‘tkazish imkoniyati kerak bo‘lishi mumkin.
Yechim: Alliance Pay orqali bank ma’lumotnomasi va ko‘chirmasini olish, sayohat sug‘urtasini rasmiylashtirish, xalqaro Visa yoki Mastercard kartasiga buyurtma berish yoxud virtual karta ochish mumkin.
Xalqaro o‘tkazmalar uchun holatini kuzatib borish mumkin bo‘lgan SWIFT, Visa Direct, MoneySend, shuningdek, Turkiyaga pul o‘tkazmalari xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.
Yaqinlarga va banklararo pul o‘tkazmalari — komissiyasiz va qiyinchiliksiz
Vaziyat: qarindoshlar, do‘stlarga yoki turli bank kartalari o‘rtasida qo‘shimcha xarajatlarsiz pul o‘tkazish zarur.
Yechim: Alliance Pay ilovasida quyidagi shartlar asosida komissiyasiz P2P-o‘tkazmalar mavjud:
HUMO kartalari o‘rtasida — oyiga 100 mln so‘mgacha.
Uzcard kartalari o‘rtasida, shuningdek, Uzcard va HUMO o‘rtasida — oyiga 10 mln so‘mgacha.
Asia Alliance Bank kartalari o‘rtasida — komissiyasiz.
Bundan tashqari, ilova orqali telefon raqami yordamida (A2A) turli banklarning elektron hamyonlari o‘rtasida pul o‘tkazish mumkin. Pul yuborish uchun qabul qiluvchining telefon raqamini kiritish va o‘z elektron hamyoningiz hisobidan boshqa bankdagi elektron hamyonga mablag‘ o‘tkazish kifoya.
Kommunal to‘lovlar va «Mening uyim» funksiyasi
Vaziyat: oy oxirida elektr energiyasi, gaz, suv, internet va boshqa xizmatlar haqini to‘lash zarur.
Yechim: «Mening uyim» bo‘limida kommunal to‘lovlarni qulay boshqarish mumkin. Alliance Pay orqali 600 dan ortiq xizmat ko‘rsatuvchi, jumladan, kommunal xizmatlar, mobil aloqa, internet va televideniye uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.
Yana bir muhim afzalligi — kommunal xizmatlar, mobil aloqa, internet va televideniye to‘lovlari uchun 1 foizgacha keshbek beriladi. To‘plangan keshbek miqdori va uning amal qilish muddati bo‘yicha hech qanday cheklovlar yo‘q.
Avtomobil, uy-joy xaridi va shoshilinch moliyaviy ehtiyojlar
Vaziyat: siz uy yoki avtomobil sotib olishni rejalashtiryapsiz yoxud qo‘shimcha pul mablag‘lariga ehtiyojingiz bor.
Yechim: Alliance Pay orqali mablag‘larni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank kartasiga o‘tkazgan holda onlayn mikroqarz rasmiylashtirish mumkin. HUMO oylik maosh kartalari egalari uchun esa bank shartlariga muvofiq, mablag‘larni kartaga qabul qilish imkoniyati bilan overdraft rasmiylashtirish ham ko‘zda tutilgan.
Agar uy-joy yoki avtomobil sotib olishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, ilova orqali bankka bormasdan ham ipoteka yoki avtokredit bo‘yicha dastlabki skoringdan o‘tish uchun ariza yuborishingiz mumkin.
Barcha arizalar bank tomonidan belgilangan kreditlash talablari va shartlariga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
Omonatlar, valuta ayirboshlash va metall hisobvaraqlari
Vaziyat: siz bank bo‘limiga bormasdan jamg‘armalarni saqlash, omonatlar bo‘yicha daromad olish yoki valuta ayirboshlashni xohlaysiz.
Yechim: Alliance Pay orqali so‘m va valutadagi omonatlarni ochish, ularni boshqarish, hisobni to‘ldirish hamda tanlangan mahsulot shartlariga muvofiq boshqa amallarni bajarish mumkin.
Ilovada xorijiy valutani bankning amaldagi kurslari bo‘yicha sotib olish va sotish, shuningdek, sakkiz turdagi xorijiy valuta o‘rtasida bir chet el valutasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqasiga ayirboshlash imkonini beruvchi kross-konversiya xizmati mavjud.
Shuningdek, Alliance Pay orqali egasi ko‘rsatilmagan metall hisobvaraqlarini ochish va qimmatbaho metallar bilan bog‘liq amallarni bevosita smartfon orqali bajarish mumkin.
Bankka borish zarurati tug‘ilganda
Vaziyat: shaxsan borishni talab qiluvchi xizmatdan foydalanish uchun bank bo‘linmasiga murojaat qilishingiz kerak.
Yechim: Alliance Pay orqali filialga borish uchun oldindan talon olib, elektron navbat xizmatidan foydalanish mumkin. Bu tashrifni rejalashtirishga va navbatda kutish vaqtini qisqartirishga yordam beradi.
Shuningdek, Alliance Pay orqali bankomatlar va bank ofislari manzillarini topish, PUSH-bildirishnomalarni qabul qilish hamda ilovaga o‘rnatilgan chat orqali bankka murojaat qilish mumkin.
Alliance Pay orqali moliyaviy mablag‘laringizni qulay, xavfsiz va tezkor boshqaring!
Alliance Pay ilovasini yuklab oling va masofaviy bank xizmatlarining yanada ko‘proq imkoniyatlarini kashf eting.




