
Amerika elitasi O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichini tan olishmoqda — Komilov
02.10.2025 | 21:0043195
Abdulaziz Komilovga ko‘ra, Mirziyoyev hokimiyatga kelgach AQSH bilan yangi bosqich boshlangan.

Amerika elitasining barcha vakillari, jumladan siyosiy va biznes doiralari, O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichini tan olishmoqda.
O‘zbekiston va AQSH munosabatlari barqarorlik va prognoz qilsa bo‘ladigan bosqichiga o‘tdi. Bu haqda prezidentning tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Abdulaziz Komilov «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2017 yilga qadar ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik asosan xavfsizlik va Afg‘oniston masalalari bilan cheklanib qolgan edi. Savdo-iqtisodiy sohadagi natijalar esa kutilgan darajada emas edi. Ammo 2017 yildan keyin, Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelishi bilan yangi bosqich boshlandi.
Ta’kidlanishicha, 2018 yilda Mirziyoyevning Vashingtonga rasmiy tashrifi ikki mamlakat o‘rtasida strategik sheriklikning yangi bosqichini boshlab berdi. Bu yangi bosqich siyosat, iqtisodiyot, gumanitar hamkorlik va mintaqaviy xavfsizlik masalalarini qamrab oldi. Kamilovga ko‘ra, Amerika elitasining barcha vakillari, jumladan siyosiy va biznes doiralari, O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichini tan olishmoqda.
«Kelajakdagi hamkorligimizning strategik jihatlari muhokama qilingan ikki prezident o‘rtasidagi ushbu muzokaralarning asosiy natijasi shundaki, munosabatlar barqarorlik va prognoz qilish mumkin bo‘lgan bosqichiga o‘tdi», — dedi Kamilov.Shuningdek, u Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh assambleyasida bildirgan tashabbuslari mamlakat milliy manfaatlariga asoslangani va global ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.
«Tashabbus va takliflar, ular O‘zbekiston Respublikasining hayotiy muhim milliy davlat manfaatlariga bevosita aloqador. Nega ular global? Chunki O‘zbekiston atrofidagi mintaqada mavjud bo‘lgan bir qator chaqiriq va tahdidlar, xavf-xatarlarni faqat keng xalqaro va hatto global darajada hal qilish mumkin», — dedi prezidentning tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi.Shuningdek, Komilov Mirziyoyevning BMT Bosh assambleyasida ilgari surgan tashabbuslari O‘zbekistonning milliy manfaatlariga asoslangan bo‘lib, ular xavfsizlik, ekologiya, Orol dengizi va yoshlar masalalarini qamrab olishini qayd etdi.
«Shundan kelib chiqib, prezident ushbu global tashabbuslarni ilgari surdi. Uning diqqat markazida birinchi navbatda O‘zbekiston, O‘zbekiston va yana bir bor O‘zbekiston», — dedi rasmiy.





