add

Amerikalik iste’molchilar Tramp tariflarini o‘z tanasida his qila boshlashdi — FT

06.10.2025 | 09:3019163

Donald Tramp ma’muriyati joriy etgan import bojlari AQSHda oziq-ovqatdan to ehtiyot qismlargacha bo‘lgan tovarlar narxlarining oshib borishiga sabab bo‘lmoqda.

Amerikalik iste’molchilar Tramp tariflarini o‘z tanasida his qila boshlashdi — FT
Financial Times nashrining yozishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyati joriy etgan import tariflari mamlakatdagi chakana bozorga ta’sir ko‘rsata boshladi. Jumladan, konservalar, kiyim-kechak va avtomobil ehtiyot qismlari kabi turli mahsulotlar narxlari ko‘tarilayotgani kuzatilmoqda. Gazeta AQSH Bandlik va mehnat statistikasi byurosi ma’lumotlariga tayanib, 2025 yil martdan avgustgacha bo‘lgan davrda audiotexnika narxlari 14 foizga, liboslar 8 foizga, uy jihozlari va qurol-asboblar esa 5 foizga oshganini qayd etdi. Ta’kidlanishicha, ushbu mahsulotlarning katta qismi AQSHga import qilinadi. Telsey Advisory Group tahlil markazi ma’lumotlariga ko‘ra, yirik chakana savdo tarmoqlari 29 ta «yumshoq lineyka» mahsulotlaridan (futbolka, poyafzal, ko‘ylak va h.k.) 11 tasining, hamda 18 ta «qattiq lineyka» mahsulotlaridan (velosiped, idish yuvish mashinalari va boshqalar) 12 tasining narxini oshirgan. «Bu holat tariflarning bozorga ta’sir qila boshlaganini va narxlarni oshirishga majburlayotganini ko‘rsatmoqda», — dedi Telsey kompaniyasi tahlilchisi Jo Feldman. FT tahliliga ko‘ra, tariflarning ta’siri kelgusi oylarda yanada kuchayishi mumkin, chunki AQSHdagi ko‘plab ishlab chiqaruvchilar va distribyutorlar eski ombor zaxiralarini tugatib bo‘lmoqda. Bu esa yangi import mahsulotlar narxi orqali iste’mol bozorida qimmatlashish jarayonini tezlashtirishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid