
Andijonda 100 ming dollarlik kriptovalyuta tovlamachiligi fosh etildi
O‘zini huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi sifatida ko‘rsatgan shaxslar fuqaroni aldash orqali yirik miqdordagi kriptoaktivlarni o‘zlashtirib olgani ma’lum bo‘ldi.

Andijon shahri va Oltinko‘l tumanida yashovchi, 1995, 1998 va 2002 yillarda tug‘ilgan uch nafar shaxs Andijon tumanida istiqomat qiluvchi, 2004 yilda tug‘ilgan fukaroga nisbatan tovlamachilik sodir etganlikda gumonlanmokda. Ular jabrlanuvchini avtomashinaga majburlab o‘tqazib, o‘zlarini go‘yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari sifatida tanishtirgan.
Shundan so‘ng, guruh a’zolari tovlamachilik yuli bilan jabrlanuvchiga tegishli 100 ming AQSH dollari kiymatidagi kriptovalyutani o‘zlashtirib olgan. Kriptoaktivlar evaziga 160 ming AKSH dollari miqdorida qalbaki pul berilgani aniklangan.
Jinoiy javobgarlik
Xozirda mazkur xolat yuzasidan Uzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-kismi «a» bandi xamda 176-moddasi 3-kismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilda kriptoqalloblar rekord darajada — 17 mlrd dollar o‘g‘irlagan edi.





