add

Andijonda hokim o‘rinbosari pora olayotganda qo‘lga tushdi

11.10.2025 | 12:2017723

Marhamat tumani hokimining o‘rinbosari savdo do‘konlari uchun yer ajratish va hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga fuqarodan 15 ming dollar talab qilgan.

Andijonda hokim o‘rinbosari pora olayotganda qo‘lga tushdi
Andijon viloyati Marhamat tumani hokimi o‘rinbosari Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda DXX axborot xizmati ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mansabdor shaxs tuman hududidan o‘tgan katta yo‘l bo‘yidagi 400 metrlik zovurni yopiq tizimga o‘tkazish orqali 60 sotix yer maydonini bo‘shatishni rejalashtirgan. Ushbu yerda har biri 30 kvadrat metr bo‘lgan sakkizta savdo do‘koni qurish uchun yer ajratib berish va hujjatlarni yuqori lavozimdagi tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga fuqarodan 15 ming dollar talab qilgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u kelishilgan pulning 200 dollarini oldindan olgan. Qolgan 14 800 dollarni olayotgan paytda tezkor guruh tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi «a, v» bandlari va 28,211-moddasi (pora berish) 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hokim o‘rinbosariga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid