add

Angrenda 14 yoshli qizni zo‘rlagan to‘rt kishi ustidan sud boshlandi

20.11.2025 | 20:0510081 Daqiqa

Sud jarayoni Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi talablariga muvofiq yopiq tartibda tashkil etilmoqda.

Angrenda 14 yoshli qizni zo‘rlagan to‘rt kishi ustidan sud boshlandi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Angren shahar sudida 14 yoshli qizga nisbatan zo‘ravonlik sodir etganlikda gumonlanayotgan 4 nafar fuqaroga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish boshlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ularga nisbatan JKning 118-moddasi (nomusga tegish) va 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) bilan ayblov e’lon qilingan.

Jinoyat ishi JPKning 19-moddasi talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi.

Kecha Bolalar ombudsmani uning sog‘ligi va ruhiy holatini o‘rganish maqsadida shifoxonaga tashrif buyurib, qizning ahvoli bilan tanishgandi.

Psixolog xulosasiga ko‘ra, Y.S. posttravmatik tiklanish bosqichida bo‘lib, uning holatini barqarorlashtirish va travmatizatsiyaning oldini olish uchun davolanishdan keyin neytral va xavfsiz oilaviy muhitga joylashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Teglar

Mavzuga oid

Angrenda 14 yoshli qizni zo‘rlagan to‘rt kishi ustidan sud boshlandi | Vaqt.uz