add

Angrenda tergovchi pora bilan ushlandi

04.09.2025 | 09:406923

Angren shahrida tergovchi fuqaroga nisbatan ish qo‘zg‘atmaslik uchun 10 ming dollar pora talab qilib, qonun himoyachilari tomonidan qo‘lga olindi.

Angrenda tergovchi pora bilan ushlandi
Toshkent viloyati Angren shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi katta tergovchisi o‘z ish yurituvida bo‘lgan tekshiruv ishi doirasida fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik evaziga 10 ming AQSH dollari talab qilgani aniqlandi. Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda tergovchi so‘ralgan mablag‘ning yarmi — 5 ming dollarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi «b» bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Sud qaroriga muvofiq, ayblanuvchiga «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Mutasaddi idoralar mazkur jinoyat ishlari qat’iy nazorat ostida ekanini ma’lum qilgan. Avvalroq Namangan shahar hokimi poyabzal ishlab chiqaruvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari bilan til biriktirib, fuqarodan 60 ming AQSH dollari talab qilgani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid