add

Apple iPhone 17 modellarining taqdimot sanasini ma’lum qildi

27.08.2025 | 10:4043162

Apple ushbu tadbirda to‘rtta yangi iPhone 17 modelini, jumladan Pro versiyasini hamda yupqa Air modelini namoyish etishi kutilmoqda.

Apple iPhone 17 modellarining taqdimot sanasini ma’lum qildi
Apple kompaniyasi iPhone smartfonlarining yangi avlodini taqdim etishi kutilayotgan taqdimot sanasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, «hayratlanarli» («Awe dropping») shiori ostidagi taqdimot 9 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. An’anaga ko‘ra, tadbir Apple’ning Kaliforniya shtati Kupertino shahridagi bosh qarorgohida joylashgan Stiv Jobs nomidagi teatrda o‘tkaziladi. Apple bosh direktori Tim Kuk ijtimoiy tarmoqlarda taqdimot tizerini e’lon qildi, jurnalistlar esa kompaniyadan olgan taklifnomalarni namoyish etishdi. Apple ushbu tadbirda to‘rtta yangi iPhone 17 modelini, jumladan Pro versiyasini hamda yupqa Air modelini namoyish etishi kutilmoqda. Jurnalistlar tadbir e’lonida premeraga ishora qiluvchi belgilarni payqashdi.

Teglar

Mavzuga oid