add

Apple yangi M5 chipli MacBook Pro ni taqdim qildi

16.10.2025 | 09:2228293

Yangi model sun’iy intellekt bilan bog‘liq operatsiyalarda 3,5 baravar tezroq ishlaydi va akkumulyator xizmati 24 soatgacha yetadi.

Apple yangi M5 chipli MacBook Pro ni taqdim qildi
Amerikaning Apple korporatsiyasi o‘zining 14 dyuymli MacBook Pro noutbukining yangilangan versiyasini taqdim qildi. Kompaniyaning rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, yangi modelning asosiy yangiligi — sun’iy intellekt (AI) operatsiyalarini tezlashtiruvchi M5 chipidir. U ilgarigi M4 protsessoriga nisbatan 3,5 baravar yuqori ish unumdorligiga ega. Apple muhandislari ta’kidlashicha, bunday natija har bir hisoblash yadrosiga o‘rnatilgan neyron blokli yangi avlod grafik tezlatgich integratsiyasi orqali amalga oshirilgan. Bu, o‘z navbatida, grafika bilan ishlash tezligini 1,6 baravar, ko‘p oqimli ishlash samaradorligini esa 20 foizga oshirgan. Yangi MacBook Pro’da ma’lumotlar bilan ishlash ham ancha tezlashdi — xotiraning o‘tkazuvchanlik qobiliyati 153 Gbit/s gacha oshgan, bu M4’dagi 120 Gbit/s ko‘rsatkichdan ancha yuqori. Shuningdek, foydalanuvchilar endilikda SSD xotirani 4 TB gacha konfiguratsiya qilishi mumkin — bunday imkoniyat avval faqat M4 Pro chipli modellarda mavjud edi. Apple dizaynda o‘zgarish qilmagan, ammo energiya tejamkorligi sezilarli darajada oshgan — batareya xizmati 24 soatgacha yetadi. Shu bilan birga, yangi modelning boshlang‘ich narxi avvalgiday 1600 dollar etib belgilandi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, yangi MacBook Pro M5 uchun oldindan buyurtmalar qabul qilinishi boshlangan, rasmiy sotuvlar esa 22 oktyabrdan start oladi.

Teglar

Mavzuga oid