add

AQSH banklari yagona steyblkoin yaratish ustida ish boshladi

23.05.2025 | 19:3024283

AQSHning yirik banklari yagona raqamli token ishlab chiqish tashabbusi bilan chiqdi. Loyiha faqat moliyaviy emas, balki huquqiy islohotlarga ham bog‘liq bo‘ladi.

AQSH banklari yagona steyblkoin yaratish ustida ish boshladi
AQSHning yetakchi banklari yagona steyblkoin yaratish ustida hamkorlikda ish boshlamoqda. Bu haqda Investing.com manbasi xabar berdi. Bunday tashabbus kriptovalyuta bozorida tokenlarga talabning ortishi va huquqiy mexanizmlarning shakllanishi bilan izohlanmoqda. Hozircha loyiha tafsilotlari rasman e’lon qilinmagan. Ammo loyihaning kelajagi asosan AQSH moliyaviy regulyatorlarining munosabatiga bog‘liq. Joriy haftada Senatda steyblkoinlarni tartibga solish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ma’qullangan. Unga ko‘ra, bunday tokenlar AQSH dollari yoki boshqa likvid aktivlar bilan to‘liq ta’minlangan bo‘lishi shart. Shuningdek, kapitalizatsiyasi $50 mlrddan oshgan emitentlar uchun yillik audit joriy etiladi. Loyihada banklardan tashqari The Clearing House to‘lov operatori va Early Warning Services fintex-kompaniyasi ham ishtirok etmoqda. Bu kompaniya AQSHda keng tarqalgan Zelle piring to‘lov tizimi ortida turadi. Steyblkoinlarga bo‘lgan e’tibor faqat AQSHda emas. Yaqinda Gonkong ham fiat valyutalarga bog‘langan raqamli aktivlarni tartibga soluvchi qonun qabul qildi. Bu kabi tashabbuslar kriptovalyuta sanoatida aniqlik va barqarorlik yaratishga qaratilgan. Muttaxassislar ushbu loyiha moliyaviy infratuzilmada yangi bosqichni boshlab berishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Ammo uning amalga oshishi ko‘p jihatdan siyosiy va huquqiy jarayonlarga bog‘liq bo‘lib qoladi.

Teglar

Mavzuga oid