add

AQSH deportatsiya jarayonlariga 250 mln dollar yo‘naltirishi mumkin

22.05.2025 | 12:4029523

Oq uy xorijiy yordam uchun belgilangan 250 million dollarni migrantlarni o‘z yurtlariga qaytarishga sarflashni rejalashtirmoqda. Bu haqda «The Washington Post» nashri AQSH Ichki xavfsizlik vazirligi hujjatlariga tayanib xabar berdi.

AQSH deportatsiya jarayonlariga 250 mln dollar yo‘naltirishi mumkin
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu mablag‘ asosan vaqtinchalik muhofaza olgan qochqinlarni deportatsiya qilishga yo‘naltiriladi. Ular orasida 200 mingdan ortiq ukrainalik va 500 mingga yaqin gaitilik bor. Shuningdek, hujjatlarda afg‘onistonliklar, falastinliklar, liviyaliklar, sudanliklar, suriyaliklar va yamanliklar ham tilga olingan. BMT Migratsiya xizmati bu shaxslarni o‘z yurtlariga qaytarishni ma’qullamasligini ma’lum qilgan. AQSHdagi «vaqtinchalik muhofaza» dasturi tub holatda inqirozli hududlardan kelganlarga himoya berish maqsadida joriy etilgan. Ammo yangi taklifga ko‘ra, xorijiy yordam mablag‘lari aynan shu toifadagi migrantlarni chiqarish uchun ishlatilishi mumkin. AQSH Ichki xavfsizlik vazirligi matbuot kotibi Trisha Maklaflin bu rejani «eski ma’lumot» deb baholagan. Uning ta’kidlashicha, hozircha Ukraina yoki Gaiti fuqarolarini himoya dasturidan chiqarish haqida yakuniy qaror qabul qilinmagan. Shu bilan birga, «The Washington Post» ma’lumoticha, o‘tgan hafta Ichki xavfsizlik vazirligi va Davlat departamenti 250 million dollarlik xorijiy yordamga oid kelishuvni imzolagani qayd etilgan. Hujjatda qaytarish jarayoni bayon qilingan, ammo u qaysi davlat fuqarolariga taalluqli ekani ochiq ko‘rsatilmagan.

Teglar

Mavzuga oid

AQSH deportatsiya jarayonlariga 250 mln dollar yo‘naltirishi mumkin | Vaqt.uz