add

AQSH Janubiy Koreyadan 4,5 ming harbiyni olib chiqishni rejalashtirmoqda

23.05.2025 | 16:1549472

AQSH ma’muriyati Janubiy Koreya hududidagi harbiy kontingentni qisqartirish haqida muhokama olib bormoqda. Pentagon manbalariga ko‘ra, 4,5 ming nafar harbiyni boshqa hududlarga ko‘chirish rejalashtirilmoqda.

AQSH Janubiy Koreyadan 4,5 ming harbiyni olib chiqishni rejalashtirmoqda
Pentagon vakili Pit Nguyenning ma’lum qilishicha, Janubiy Koreyadagi AQSH harbiylari soni hozirda 28,5 ming atrofida. Qo‘shinlarni asosan Tinch okeanidagi Guam oroliga yoki boshqa strategik joylarga ko‘chirish varianti ko‘rib chiqilmoqda. Bu tashabbus Shimoliy Koreyaga qarshi kurash siyosatining bir qismi bo‘lib, AQSH prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreyani «to‘liq yadrosizlantirish» g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Ikki yuqori darajadagi amaldorning aytishicha, bu taklif hali rasman Trampga taqdim qilinmagan va hozirda muhokama bosqichida. Donald Tramp aprel oyi boshida Yevropa hududidagi AQSH harbiylari sonini qisqartirish ehtimoli haqida gapirgan, NBC nashri esa Yevropadan 10 minggacha harbiyni olib chiqish rejalarini ko‘rib chiqishini yoritgan. AQSHning harbiy kuchlarini qayta taqsimlash va faoliyatini strategik jihatdan optimallashtirish maqsadida olib borilayotgan bu harakatlar mintaqadagi geosiyosiy vaziyatga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid