add

AQSH Maduroni terrorist deb e’lon qildi, uning boshi uchun mukofot tayinlandi

Bugun 15:453521 Daqiqa

Vashington Venesuela rahbarini terrorchilikda ayblab, uning boshi uchun 50 mln dollar mukofot e’lon qildi. Bu qaror mojaroni yanada keskinlashtirishi mumkin.

AQSH Maduroni terrorist deb e’lon qildi, uning boshi uchun mukofot tayinlandi

AQSH hukumati Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni terrorchilik tashkiloti yetakchisi deb e’lon qildi. Rasmiy Vashington Maduroni qo‘lga kiritish uchun uning boshiga 50 million dollarlik mukofot tayinladi. Bu haqda Oq uyda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.

Oq uy matbuot kotibi bayonotida «Maduro rejimini nolegitim deb bilamiz va noqonuniy kuch sifatida ko‘ramiz», deyilgan. Bu qaror AQSH va Venesuela o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni yanada taranglashtirishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, prezident Donald Tramp avvalroq Lotin Amerikasidagi giyohvandlikka qarshi kurash doirasida harbiy kuchlardan foydalanish haqida farmon chiqargan edi. Shundan so‘ng AQSH Venesuela qirg‘oqlariga dengiz kuchlarini — suvosti kemalari va USS Gerald R. Ford aviatashuvchi harbiy kemasini yo‘llagan.

Pentagon rahbari Pit Hegsett AQSH harbiylari Venesuelada rejimni o‘zgartirishga qaratilgan operatsiyalarga tayyor ekanini aytgan. Bunga javoban Maduro mamlakatda 4,5 millionlik xalq militsiyasini safarbar etganini va har qanday hujumni qaytara olishini ma’lum qilgan.

Shuningdek, Venesuela hukumati AQSHning dengizdagi harakatlarini tanqid qilgan. Ularni xalqaro huquqqa zid deb baholab, AQSH tomonidan «giyohvand moddalarga qarshi kurash» niqobi ostida amalga oshirilayotgan harakatlarni agressiya sifatida baholagan.

Teglar

Mavzuga oid