add

AQSH NATO hududini himoya qilishga va’da berdi

13.09.2025 | 14:006073

Polsha havo hududiga Rossiya dronlari kirishi BMT Xavfsizlik Kengashida keskin bahslarga sabab bo‘ldi. 40 dan ortiq davlat Rossiyani xalqaro huquqni buzganlikda ayblamoqda.

AQSH NATO hududini himoya qilishga va’da berdi
10 sentyabrga o‘tar kechasi Polsha havo hududi buzilgani haqida Varshava bayonot berdi va BMTda muhokama o‘tkazishni talab qildi. 46 davlat, jumladan AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Ukraina Rossiyani xalqaro huquqni buzishda ayblab, ushbu bayonotga qo‘shildi. Bu haqda Reuters xabar berdi. Fransiya vakillari bundan «qabul qilib bo‘lmas eskalatsiya» deb xavotir bildirdi, Britaniya esa bu harakatni «o‘ta qo‘pol qonunbuzarlik» sifatida baholadi. AQSH «NATO hududining har bir qarichini himoya qilishini» qat’iy ta’kidladi. Rossiyaning BMTdagi vakili Vasiliy Nebenzya esa ayblovlarni rad etib, Moskva Polsha bilan ziddiyatni kuchaytirishni istamasligini bildirdi. U dronlar 700 km masofadan ortiqqa uchishi mumkin emasligini, shu bois ular Polshaga yetib bormaganini qayd etdi. Polsha davlat kotibi Marsin Bosatskiy esa dron hujumini xato emasligini aytib, rossiyalik yozuvlar tushirilgan qismlarning fotosuratlarini namoyish etdi. «Polshani qo‘rqitolmaysiz», dedi u. NATO qo‘llovi bilan Polsha havo kuchlari dronlarni urib tushirdi. Bu voqea NATO tarixida ilk bor Rossiyaga qarshi havo hujumiga javoban uchuvchi qurollar qo‘llashiga olib keldi. Sloveniya vakillari ham dronlar xatolik tufayli Polshaga kirishi mumkinligi haqidagi fikrni inkor etdi. AQSH va G‘arb ittifoqchilari esa qo‘shma bayonot bilan chiqib, Rossiyani xalqaro huquq va BMT Ustavini buzishda aybladi hamda Ukrainaga qarshi tajovuzkorlikni to‘xtatishga chaqirdi.

Teglar

Mavzuga oid