add

AQSH–Ukraina muzokaralarida yangi detallar ma’lum qilindi

Bugun 08:304351 daqiqa

Vashingtondagi Ukraina–AQSH muzokaralarida xavfsizlik va hududlar bo‘yicha asosiy kelishuv nuqtalari muhokama qilindi, tomonlar esa murakkablikka qaramay konstruktiv muloqot davom etayotganini ma’lum qildi.

AQSH–Ukraina muzokaralarida yangi detallar ma’lum qilindi

Ukraina va AQSH o‘rtasidagi navbatdagi tinchlik muzokaralari Vashingtonda amaliy va natijaviy ruhda o‘tgani ma’lum qilindi. Ukraina elchixonasi bergan bayonotga ko‘ra, muloqotda xavfsizlik kafolatlari va hududlarga oid yondashuvlar asosiy masala sifatida qayd etilgan.

Diplomatlarning aytishicha, bir qator qiyin va hali kelishilmagan nuqtalar saqlanib turganiga qaramay, tomonlar barqaror tinchlik uchun asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan mexanizmlarni izlashda davom etmoqda. Xususan, Kiyev o‘zining uzoq muddatli mudofaa arxitekturasini mustahkamlashga qaratilgan real va ishonchli kafolatlar bo‘yicha takliflarni faol ishlab chiqmoqda.

Muzokaralarda Ukraina tomonidan mudofaa vaziri Rustem Umerov, shuningdek, Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi rahbari Andriy Gnatov ishtirok etdi. Ular Vashingtondagi so‘nggi uchrashuvlar bo‘yicha yaqin kunlarda batafsil hisobot berishlari kutilmoqda.

Elchixona xabarida ta’kidlanishicha, hozirgi bosqichdagi eng murakkab masalalar — hududiy yon berishlar va yangi xavfsizlik kafolatlariga oid pozitsiyalar. Tomonlar bir nechta variantlarni muhokama qilmoqda, ammo har qanday kelishuv Ukraina manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashi shartligi urg‘u bilan qayd etilmoqda.

8-dekabr kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy, Fransiya rahbari Emmanuel Makron, Britaniya bosh vaziri Kiyr Starmer va Germaniya kansleri Fridrix Mers ishtirokida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Muzokaralarda Rossiya–Ukraina urushiga chek qo‘yish bo‘yicha barcha jihatlar muhokama qilinishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid