add

AQSH vizasi uchun yangi 250 dollarlik to‘lov joriy qilindi

23.07.2025 | 11:4046524

1 oktyabrdan boshlab deyarli barcha xorijliklardan «Visa Integrity Fee» deb nomlangan qo‘shimcha to‘lov undiriladi.

AQSH vizasi uchun yangi 250 dollarlik to‘lov joriy qilindi
AQSH hududiga turli maqsadlarda tashrif buyuruvchi fuqarolar 2025 yil 1-oktyabrdan boshlab yangi to‘lov joriy etilishi bilan yuzma-yuz keladi. Endi turizm, ish, ta’lim yoki almashinuv dasturlari orqali AQSH vizasiga murojaat qiluvchilar qo‘shimcha 250 dollar to‘lovni amalga oshirishlari talab etiladi. Bu haqda Forbes nashri xabar berdi. Ushbu to‘lov amaldagi 185 dollarlik konsullik yig‘imiga qo‘shimcha tarzda undiriladi. Ya’ni viza uchun umumiy xarajat 435 dollarni tashkil etadi. Yangi tartib «viza imtiyozlari dasturi» ga kirmaydigan mamlakatlar, jumladan, Xitoy, Hindiston, Nigeriya va Braziliya fuqarolariga taalluqli bo‘ladi. Shu bilan birga, AQSH bilan viza imtiyozlariga ega davlatlar — xususan, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya va Janubiy Koreya fuqarolari, hamda Kanada va Bermuda orollari rezidentlari ushbu to‘lovdan ozod qilinadi. Yaqin Sharqdagi ba’zi diplomatik va rasmiy maqomdagi shaxslar ham istisnoga ega bo‘lishi mumkin. AQSH Ichki xavfsizlik departamentining ma’lum ot qilishicha, agar tashrif buyuruvchi viza muddati tugashidan oldin mamlakatni tark etsa yoki viza maqomini qonuniy ravishda o‘zgartirsa, ushbu to‘lov qaytarilishi mumkin. Biroq bu jarayon qanday amalga oshirilishi, mablag‘lar qachon va qay tarzda qaytarilishi haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q. Immigratsiya bo‘yicha yuristlar fikriga ko‘ra, to‘lovni qaytarish tizimi ancha murakkab bo‘lishi, ortiqcha hujjatbozlik va kechikishlarga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, texnik xatolar yoki qoidalarga to‘liq rioya qilinmagan holatlarda, to‘lovni qaytarib olish imkoni yo‘q bo‘lishi ehtimoli ham bor.

Teglar

Mavzuga oid