
AQSHda Maduro va uning rafiqasi ishi bo‘yicha birinchi sud majlisi yakunlandi
3-yanvar kuni ular Tramp buyrug‘i bilan narkoterrorizm, kokain kontrabandasi, qurol saqlash va pul yuvish kabi ayblovlar sabab qo‘lga olingan edi.

Nyu-York federal sudi sudyasi Alvin Xellershteyn Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores masalasida navbatdagi sud majlisi 17-mart kuni bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.
U sudlanuvchilarga navbatdagi sud majlisida shaxsan ishtirok etishni buyurdi. Bu qaror Maduro AQSH harbiy operatsiyasi orqali qo‘lga olinib, Nyu-Yorkdagi sudga keltirilganidan so‘ng bugun, 5-yanvar kuni o‘tkazilgan birinchi majlisda qabul qilindi.
Sud jarayonida Maduro va Flores narkoterrorizm, kokain kontrabandasi va qurol saqlash kabi ayblovlar asossiz ekani va o‘zlarining beayb ekanini da’vo qilmoqda.
Nikolas Maduro o‘zini «aybsizman, hurmatli odamman va hali ham o‘z mamlakatim prezidentiman» deb bayonot berdi. Sudya uning gapini tez-tez to‘xtatdi va faqat rasmiy jarayonga rioya qilishni talab qildi. Maduroning rafiqasi Siliya Flores ham barcha ayblovlarni rad etdi. Ularning advokatlari Maduroning sog‘lig‘i va Floresning jarohatlari haqida gapirib, tibbiy yordam ko‘rsatilishini so‘radi. Bruklindagi Metropoliten hibsxonasida saqlanmoqda. Keyingi majlis 17-mart kuni soat 11:00 da o‘tkaziladi, unda ikki tomon ham ishtirok etishi shart.
Ma’lumot uchun, 3-yanvar kuni AQSH Venesuelaga hujum uyushtirdi, Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresni qo‘lga oldi, so‘ngra ularni Nyu-Yorkka olib ketdi. CBS News xabariga ko‘ra, er-xotinning birinchi sud majlisi 5-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Federal kengash ma’lum qilishicha, bu bloklash Venesuelaga nisbatan 2018 yildan beri amalda bo‘lgan shunga o‘xshash cheklovlarga qo‘shimcha sifatida kiritildi.
AQSH 3-yanvar kuni Venesuelaga keng ko‘lamli hujum uyushtirdi, mamlakat prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores qo‘lga olinib, Nyu-Yorkka olib ketildi. AQSH prezidenti Donald Tramp Maduro va Flores «narkoterrorizm»ga aloqador bo‘lgani va shu jumladan, AQSHga ham tahdid solgani uchun sud oldida javob berishlarini ma’lum qildi.
Karakas AQSHning ushbu harbiy operatsiyasi munosabati bilan BMTning favqulodda yig‘ilishini talab qildi, Venesuela Oliy sudi davlat rahbari vazifasini vaqtincha vitse-prezident Delsi Rodrigesga yukladi.





