add

AQSHda samolyotning shassi bo‘lmasidan yo‘lovchi jasadi topildi

30.09.2025 | 15:4832332

Shimoliy Karolinadagi Sharlotta xalqaro aeroportida American Airlines samolyotining shassi bo‘lmasidan jasad topildi. Politsiya hodisa bo‘yicha tekshiruv ishlarini boshladi.

AQSHda samolyotning shassi bo‘lmasidan yo‘lovchi jasadi topildi
Jasad aniqlangan samolyot Yevropa yo‘nalishidan uchib kelgan, ammo aniq qaysi davlatdan ekani ochiqlanmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 28 sentyabr kuni aeroportning texnik xodimlari shassi bo‘lmasidan jasadni topishgan va favqulodda xizmatlar o‘lim holatini tasdiqlagan. American Airlines vakillari kompaniya tergov jarayonida huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qilayotganini ma’lum qildi. Bunday holatlar avval ham sodir bo‘lgan. Joriy yil yanvar oyida Nyu Yorkdan uchib kelgan JetBlue aviakompaniyasi samolyoti shassi bo‘lmasidan ikki noqonuniy yo‘lovchi jasadi topilgandi. Ular samolyot qo‘nganidan keyin tekshiruv paytida aniqlangan. Eslatib o‘tamiz, samolyot shassisiga yashirinib parvoz qilish xavfli hisoblanadi. Chunki balandlikda havo bosimi keskin pasayadi, kislorod tanqisligi yuzaga keladi va harorat −50°C gacha tushishi mumkin. Shuningdek, qo‘nish paytida shassi mexanizmlari og‘ir jarohat keltirishi ehtimoli katta. Avvalroq 13 yoshli afg‘on bola samolyotning shassi bo‘lmasida Dehliga uchib borgan edi.

Teglar

Mavzuga oid

AQSHda samolyotning shassi bo‘lmasidan yo‘lovchi jasadi topildi | Vaqt.uz