add

Arazlashgan Afg‘oniston va Pokiston diplomatik aloqalarni mustahkamlamoqchi

01.06.2025 | 13:0039232

Tolibon rahbarligidagi Afg‘oniston hukumati Pokiston bilan elchixonalar faoliyatini qayta tiklash va siyosiy muloqotni kuchaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganini olqishladi. Bu ikki mamlakat munosabatlarida muhim burilish sifatida baholanmoqda.

Arazlashgan Afg‘oniston va Pokiston diplomatik aloqalarni mustahkamlamoqchi
«Al Jazeera» nashrining yozishicha, bu qaror ikki qo‘shni mamlakat o‘rtasidagi murakkab munosabatlar fonida muhim siyosiy yaqinlashuv sifatida baholanmoqda. Yaqinda ikki davlat chegaralarida qurolli to‘qnashuv bo‘lib o‘tgan edi. Afg‘oniston tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra, Islomoboddagi Afg‘oniston elchixonasi va Kobuldagi Pokiston elchixonasi to‘liq faoliyat yuritishi tiklanadi. Ushbu kelishuv diplomatik muloqotni kuchaytirish, chegaradagi muammolarni hal etish va xavfsizlik sohasida hamkorlikni yaxshilashga qaratilgan. Pokiston Tashqi ishlar vazirligi ham ushbu jarayonni ijobiy baholab, ikki davlatning o‘zaro ishonchni mustahkamlashi muhimligini qayd etdi. Bayonotda ta’kidlanishicha, qo‘shnichilik tamoyili asosida olib boriladigan diplomatik muloqot mintaqada barqarorlik va tinchlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Mutaxassislar fikricha ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi yillarda chegara hodisalari, xavfsizlik masalalari va muhojirlar oqimi tufayli ancha sovuqlashgandi. Shu bois bu yaqinlashuv siyosiy islohotlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishi mumkin.  

Teglar

Mavzuga oid