add

Armani kompaniyasi asoschisi Jorjo Armani vafot etdi

05.09.2025 | 13:1545583

U 91 yoshida vafot etdi. So‘nggi paytlarda «Italiya moda qiroli»ning sog‘lig‘i yomonlashgani haqida ma’lumotlar tarqalgandi.

Armani kompaniyasi asoschisi Jorjo Armani vafot etdi
Italiyalik mashhur modeler Jorjo Armani olamdan o‘tdi. Bu haqda La Repubblica gazetasi xabar berdi. 11 iyul kuni u 91 yoshga to‘lgan edi. So‘nggi paytlarda «Italiya moda qiroli»ning sog‘lig‘i yomonlashgani haqida ma’lumotlar tarqalgandi. Uning 1975 yilda asos solingan Armani moda uyi yirik xoldinglarga qo‘shilmagan kam sonli kompaniyalardan biri bo‘lib qolgan edi. Kompaniya vakillari ma’lum qilishicha, modeler bilan vidolashuv marosimi 6 va 7 sentyabr kunlari Milanda bo‘lib o‘tadi. Corriere della Sera gazetasi aniqlik kiritishicha, dafn marosimi modelerning o‘z istagi bo‘yicha tor doirada o‘tkaziladi. U 1975 yilda o‘zining do‘sti Serjo Galleotti bilan birgalikda Armani kompaniyasiga asos solgan. Kompaniya ko‘plab mukofot va sovrinlarga sazovor bo‘lgan. Ular orasida 1979 yildagi «Neiman Marcus Fashion Award», Amerika Modelerlar Kengashining xalqaro dizaynerlik va erkaklar kiyimlari sohasidagi mukofotlari, GQ jurnali tomonidan «Yil dizayneri» unvoni, 2003 yildagi «Walk of Style» mukofoti kabilar bor. Armani kompaniyasi yillik aylanmasi 2,5–2,7 milliard dollarni tashkil etib, dunyo bo‘ylab taxminan 3 mingta do‘konga ega. Georgio Armani SpA kompaniyasi esa Milanda joylashgan bo‘lib, 2024 yilda 2,3 milliard yevro daromad olgan. Bu daromad asosan AJ Armani Jeans va Emporio Armani brendlari orqali kelib tushgan.

Teglar

Mavzuga oid