Armaniston KXSHTdan chiqishi mumkin
Ushbu bayonotlar 7-iyun kuni Armanistonda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlari hamda Moskva va Yerevan munosabatlarining keskinlashuvi fonida yangramoqda.

Armaniston agar zarur deb hisoblasa, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidan (KXSHT) chiqadi. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Nikol Pashinyan ma’lum qildi.
KXSHTга a’zolikni saqlab qolish istiqbollari «Kuchli Armaniston» bloki vakili Narek Karapetyan bilan bo‘lib o‘tgan saylovoldi debatlari chog‘ida muhokama qilindi.
Karapetyan Armaniston KXSHTдаги ishtirokini to‘xtatgani va badallarni to‘lamayotganini eslatib, tashkilotdan chiqishdan avval Ozarboyjon bilan munosabatlarda xavfsizlik kafilini topish kerakligini ta’kidladi.
Bunga javoban Pashinyan qarorni xorijiy agentlar emas, o‘zlari qabul qilishini, davlat va armiyaning o‘zi kafil ekanligini bildirdi. Shuningdek, u Aleksandr Lukashenkoning yana Armanistonga kafil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, Tog‘li Qorabog‘ Ozarbayjon nazoratiga o‘tganidan so‘ng, Armaniston 2024 yilda ODKBga a’zolikni muzlatib qo‘ygan edi. 2026 yilning aprel oyida esa parlament spikeri Alen Simonyan agar Rossiya gaz narxini oshirsa, Armaniston ODKB va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqidan (YOII) chiqishini aytgan.
Moskva bilan munosabatlarning yomonlashuvi
Ushbu bayonotlar 7-iyun kuni Armanistonda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlari hamda Moskva va Yerevan munosabatlarining keskinlashuvi fonida yangramoqda. Rossiya Nikol Pashinyanni G‘arb davlatlari va Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashishda ayblamoqda.
So‘nggi haftalarda Rossiya hukumati Armanistondan bir qator tovarlar, jumladan, gullar, «Djermuk» mineral suvi, sabzavotlar, ko‘katlar, shaftoli, qulupnay va baliq olib kirishni taqiqladi.
Bunga javoban Pashinyan zarar ko‘rgan eksportchilarga subsidiyalar ajratishni va’da qildi. Yevropa Ittifoqi esa Rossiyaning iqtisodiy bosimiga qarshi turish uchun Armanistonga 50 million yevro miqdorida yordam ajratishini e’lon qildi.





