«Asakabank» rahbari Olmazor tumaniga hokim bo‘ldi
«Asakabank» boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Qudratilla To‘laganov Toshkent shahrining Olmazor tumani hokimi bo‘ldi.

Qudratilla Asatullayevich To‘laganov Toshkent shahrining Olmazor tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi rasmiy ma’lum qildi.
Qudratilla To‘laganov 1982 yil 6-oktabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 2008 yilda Toshkent moliya institutini, 2016 yilda esa Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Moliya va bank tizimidagi ko‘p yillik faoliyati davomida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
Yangi tayinlovga qadar u 2023 yildan buyon «Asakabank» boshqaruv raisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Ma’lumot uchun: hozirda Toshkentning Shayxontohur, Sergeli va Uchtepa tumanlarini ham bank sohasida faoliyat yuritgan kadrlar boshqarib kelmoqda.





