
"ASIA ALLIANCE BANK" ATB Frankfurt-Mayndagi SIBOS 2025da
"ASIA ALLIANCE BANK" ATB Frankfurt-Maynda bo‘lib o‘tayotgan, bank tendensiyalari va moliyaviy innovatsiyalar bo‘yicha dunyodagi eng yirik platformalardan biri SIBOS xalqaro konferensiyasida ishtirok etmoqda.

Forumning ilk kunida bank quyidagi hamkorlik kelishuvlariga imzo chekdi:
LBBW (Germaniya) bilan savdo moliyalashtirish va xalqaro operatsiyalar bo‘yicha memorandum
Spitamen Bank (Tojikiston) bilan g‘aznachilik operatsiyalari bo‘yicha umumiy shartnoma
Shuningdek, Unicredit Bank (Italiya), First Abu Dhabi Bank (BAA), Agricultural Bank of China (Xitoy), RBI (Avstriya) va boshqa xalqaro hamkorlar bilan muzokaralar o‘tkazdi. Natijada Aktif Bank (Turkiya) bilan g‘aznachilik operatsiyalari bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Bu kelishuvlar ASIA ALLIANCE BANKning xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan strategiyasini aks ettiradi. 🌍✨
Reklama





