
«ASIA ALLIANCE BANK» ATB Islomiy bank tizimini joriy etishni qo‘llab-quvvatlaydi
17-18-sentabr kunlari «Islomiy bank tizimini joriy etish: barqaror moliyaviy tizim sari yuksalish» mavzusidagi XX Xalqaro Shariat olimlari forumi (ISSF) Toshkentda bo‘lib o‘tdi.

Forumda O‘zbekiston va xorijning yetakchi tijorat banklari va nufuzli moliya institutlari vakillari, shuningdek, taniqli olimlar, islom iqtisodiyoti va moliyasi bo‘yicha ekspertlar, nazorat qiluvchi organlar vakillari ishtirok etdi.
Mazkur Forumda «ASIA ALLIANCE BANK» ATB anjuman tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlovchi hamkorlardan biri sifatida faol ishtirok etdi. Bankning forumdagi ishtiroki kelgusida kelishilgan loyihalarni amalga oshirish hamda mamlakatimizda islomiy moliya tizimini rivojlantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarni yanada mustahkamlashga o‘z munosib hissasini qo‘shadi.
Reklama





