
Asia Alliance Bank rebrending qildi va Alliance ekotizimini shakllantirishga kirishdi
Bankning yangi shiori: «Odamlar uchun o‘zimizning bank»

Asia Alliance Bank ishonchingizni qadrlaydi, mijozlar fikriga quloq soladi va odamlar uchun haqiqatan ham kundalik vazifalar, orzular va biznes-maqsadlar bilan mos keluvchi xizmatlar ko‘rsatadi.
O‘zining asosiy qadriyatlari – ishonchlilik va hamkorlikka sodiq qolgan holda, bank bugungi kunda bir nechta o‘zaro bog‘liq yo‘nalishlarni birlashtirgan Alliance ekotizimini qurmoqda. Undagi yo‘nalishlarning barchasi moliya, biznes va shaxsiy rivojlanishni qulay boshqarish uchun yaratilgan yagona raqamli makonning bir qismiga aylanadi.
Reklama





