add

«Asia Alliance Bank» xalqaro grossmeyster Nodirbek Yoqubboyevni brend ambassadori deb e’lon qildi

Bugun 13:502 daqiqa

«Asia Alliance Bank» ATB O‘zbekiston intellektual sportining eng yorqin vakillaridan biri — xalqaro grossmeyster Nodirbek Yoqubboyev brend ambassadori etib tayinlanganini faxr bilan e’lon qiladi.

«Asia Alliance Bank» xalqaro grossmeyster Nodirbek Yoqubboyevni brend ambassadori deb e’lon qildi

Bankning taniqli shaxmatchi bilan hamkorligi qadriyatlar birligini anglatadi: strategik fikrlash, qaror qabul qilishda aniqlik va doimiy takomillashuvga intilish. Nodirbek Yoqubboyevning bank ambassadori sifatida tanlanishi iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va milliy intellektual salohiyatni rivojlantirishni ta’kidlaydi.

 

Nodirbek Yoqubboyev haqida.

Nodirbek Yoqubboyev (2002 yil 23-yanvarda tug‘ilgan) — O‘zbekiston zamonaviy shaxmatining asosiy figuralaridan biri.

U uch karra O‘zbekiston chempioni (2016, 2018, 2020).

2019 yildan beri xalqaro grossmeyster sanaladi.

Jahon o‘smirlar shaxmat olimpiadasida shaxsiy hisobda oltin medal sohibi (2016).

16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati g‘olibi (2017).

«O‘zbekiston belgisi», «Mard o‘g‘lon» davlat mukofotlari va «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni sohibi.

Nodirbek 2026 yil boshiga kelib 2691 dolzarb reyting bilan dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatoriga kiradi va eng yirik xalqaro turnirlarda, jumladan, FIDE Jahon kubogi va Shaxmat olimpiadalarida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilishda davom etmoqda.

«Biz professional shaxmat olami va bank sohasi o‘rtasida ko‘plab o‘xshashliklarni ko‘rmoqdamiz. Ikkala holatda ham muvaffaqiyat oldinga yurishlarni hisoblay bilish va mas’uliyatli daqiqalarda chidamlilikni saqlay bilishga bog‘liq. Nodirbek Yoqubboyev iste’dod, mehnatsevarlik va muvaffaqiyat timsoli bo‘lib, u «Asia Alliance Bank» oilasining bir qismiga aylanganidan mamnunmiz», — deyiladi bank matbuot xizmati xabarida.

Hamkorlik doirasida O‘zbekistonda shaxmatni ommalashtirish va bankning ijtimoiy loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

«Asia Alliance Bank» ATB — O‘zbekistonning jadal rivojlanayotgan tijorat banki bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslarga keng ko‘lamli bank xizmatlarini taqdim etadi. Bank innovatsion texnologiyalarni faol joriy etib, mamlakatning muhim madaniy va sport tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlamoqda.

 

Kontakt axboroti:

«Asia Alliance Bank» ATB Matbuot xizmati

Sayt: aab.uz (https://aab.uz/)

Telefon: +998 (71) 231-60-00. Koll-markaz: 1270

Reklama huquqi asosida

Teglar

Mavzuga oid