add

Asossiz yechib olingan mablag‘larning deyarli barchasi qaytarildi — Soliq qo‘mitasi

13.08.2025 | 21:2030362

Soliq qo‘mitasi avvalroq aytganidek, bugun kun oxiriga qadar soliq to‘lovchilardan olingan 399,3 mlrd so‘m mablag‘larning hammasini qaytardi.

Asossiz yechib olingan mablag‘larning deyarli barchasi qaytarildi — Soliq qo‘mitasi
Bugun, 13 avgust kuni Soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasida yuz bergan texnik nosozlik sababli 30,1 mingta soliq to‘lovchining hisobidan asossiz ravishda yechib olingan 399,3 mlrd so‘m mablag‘larning deyarli barchasi qaytarildi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati Vaqt.uz'ga ma’lum qildi. «Yuz bergan texnik nosozlik bartaraf etilib, soliq to‘lovchilarning hisobidan yechib olingan mablag‘larning deyarli barchasi qaytarildi», - deyiladi xabarda. Qayd etilishicha, bugun soat 20:00 holatiga 25 568 ta sub’ektga 362,8 mlrd so‘m mablag‘lar qaytarib berilgan.

Teglar

Mavzuga oid