add

Avstraliyada 40 yilda ilk bor rekord darajada qor yog‘di

04.08.2025 | 12:0033842

Avstraliyaning bir qator hududlarida so‘nggi o‘n yilliklarda kuzatilmagan darajadagi kuchli qor yog‘ishi qayd etildi. Bu haqda Avstraliya ob-havo byurosi meteorologi Miriam Bredberi ma’lum qildi.

Avstraliyada 40 yilda ilk bor rekord darajada qor yog‘di
2 avgust kuni sodir bo‘lgan sovuq havo oqimi natijasida Yangi Janubiy Uels shtatida ayrim joylarda qor qoplami 40 santimetrga yetdi. Bu 1980-yillar oxiridan beri qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir. Bredberining ta’kidlashicha, Yangi Janubiy Uelsga qo‘shni Kvinslend shtatining ayrim hududlarida ham so‘nggi 10 yil ichida ilk bor qor yog‘di. Uning fikricha, iqlim o‘zgarishi Avstraliyada ob-havoni tobora beqarorlashtirib, noodatiy holatlarni ko‘paytirmoqda. Bu safargi holat faqat qor miqdori bilan emas, balki yog‘ingarchilikning shimoliy tekisliklarning katta qismiga tarqalishi bilan ham g‘alati hisoblanadi. Ma’lumot uchun, shu yil 22 may kuni Avstraliyada rekord darajada suv toshqini sodir bo‘lib, uch kishi halok bo‘lgan, yana bir kishi bedarak yo‘qolgan edi. O‘shanda ham Yangi Janubiy Uels eng ko‘p zarar ko‘rgan hudud bo‘lgan.

Teglar

Mavzuga oid