add

Avstriya NATOga qo‘shilish ehtimolini muhokama qilishga ochiqligini ma’lum qildi

27.07.2025 | 18:3049683

Avstriya tashqi ishlar vaziri Beate Maynl-Rayzinger mamlakatning neytral maqomi endi xavfsizlik kafolati sifatida yetarli emasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning tajovuzkor siyosati va xalqaro xavfsizlikdagi beqarorlik Vena uchun yangi geosiyosiy yechimlarni muhokama qilishni talab qilmoqda.

Avstriya NATOga qo‘shilish ehtimolini muhokama qilishga ochiqligini ma’lum qildi
Maynl-Rayzinger Welt nashriga bergan интервюсида Avstriya NATOga a’zo bo‘lish imkoniyatini muhokama qilishga ochiq ekanini bildirdi. U mamlakat aholisi va parlament a’zolari hozircha bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlamasligini tan oldi, biroq bu masala muhokamasi kechiktirib bo‘lmasligini ta’kidladi. «Neytralitet birgina o‘zi bizni himoya qila olmaydi. Biz hozirda mudofaa salohiyatiga investitsiyalarni oshirmoqdamiz va xalqaro hamkorlar bilan hamkorlikni kuchaytirmoqdamiz», — dedi vazir. Avstriya tashqi ishlar vaziri mamlakatning NATOga a’zo bo‘lishi xavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha muhim qarash ekanini, biroq hozircha bu siyosiy qaror emas, balki ochiq muhokama masalasi ekanini ta’kidladi. U shuningdek, 1995 yilda Avstriya Yevroittifoqqa a’zo bo‘lganidan so‘ng, mamlakatdagi neytrallik tushunchasi jiddiy ravishda o‘zgarganini eslatdi. Bu orada AQSH Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq Rossiya bo‘limi rahbari Jorj Bib Ukraina inqirozini hal etish uchun Kiyevning NATOga qo‘shilmasligiga kafolat berish kerakligini bildirgan edi. Avstriya esa bu borada o‘zining an’anaviy neytral maqomini qayta ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan ilk G‘arb mamlakatlaridan biri bo‘ldi.

Teglar

Mavzuga oid