add

Avtokreditlar bo‘yicha may oyi narxlari e’lon qilindi

19.05.2025 | 18:4615782

O‘zbekistonda 2025 yil may oyi holatiga ko‘ra 23 ta bank avtokredit taqdim etmoqda. Foiz stavkalari 22,5 dan 33 foizgacha, kredit muddati esa 1 yildan 5 yilgacha.

Avtokreditlar bo‘yicha may oyi narxlari e’lon qilindi
O‘zbekiston banklari orasida avtokredit berish bo‘yicha faoliyat olib borayotgan moliyaviy muassasalar soni 23 tani tashkil etmoqda. Ular fuqarolarga yangi yoki ikkilamchi bozordagi avtoxarid uchun 1 yildan 5 yilgacha bo‘lgan muddatda kredit taklif qilmoqda. Qo‘llanilayotgan foiz stavkalari 22,5 foizdan boshlanib, 33 foizgacha yetadi. Ikkilamchi bozordagi avtoxarid uchun kredit taklif qilayotgan banklar qatorida Asia Alliance Bank, Ziraat Bank Uzbekistan, Mikrokredit Bank, Orient Finans Bank, Turon Bank, Tenge Bank, Hamkorbank va Ipoteka Bank bor. Elektromobil sotib olish uchun esa Ipoteka Bank, Poytaxt Bank va Tenge Bank maxsus kredit turlarini taqdim etmoqda. Avtokredit olish uchun banklarga ariza, shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta), rasmiy diler bilan tuzilgan avtoxarid shartnomasi, so‘nggi 12 oylik ish haqi va daromadlar haqidagi ma’lumotnoma (soliq va boshqa to‘lovlar ko‘rsatilgan holda). Har bir bankda shartlar o‘zgarishi mumkin. Shu bois, rasmiy manbalar orqali aniqlashtirish tavsiya etiladi.

Teglar

Mavzuga oid