add

Ayollar xavfsizligi va ularga adolat borasida O‘zbekiston Markaziy Osiyoda so‘nggi o‘rinda

Kecha 17:551 daqiqa

Women, Peace and Security Index xalqaro indeksida O‘zbekistonda ayollar xavfsizlik va adolat borasida qo‘shni davlatlardan ortda qolayotganini ko‘rsatdi.

Ayollar xavfsizligi va ularga adolat borasida O‘zbekiston Markaziy Osiyoda so‘nggi o‘rinda

Amerikaning Jorjtaun universiteti tomonidan tuziladigan Women, Peace and Security Index'ning 2025–2026 yillar uchun e’lon qilingan reytingida O‘zbekiston 181 davlat orasida 98-o‘rinni egalladi. Shu orqali mamlakat top-100 talikka kirgan bo‘lsa-da, Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng past natijani qayd etdi.

Reytingga ko‘ra, Qozog‘iston 72-o‘rin, Turkmaniston 74-o‘rin, Qirg‘iziston 84-o‘rin va Tojikiston 89-o‘rindan joy olgan. O‘zbekistonning umumiy ko‘rsatkichi 0,674 ballni tashkil etib, mintaqa bo‘yicha eng zaif natija sifatida baholangan.

Indeks ayollar ahvolini uch asosiy yo‘nalish — xavfsizlik, adolat va ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ishtirok darajasi orqali baholaydi. Hisobotda O‘zbekistonda adolat ko‘rsatkichi 4 ballik shkalada 1,8 ball bilan baholangani qayd etilgan.

Shu bilan birga, indeksda ijobiy jihatlar ham ko‘rsatilgan. Xususan, mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish darajasi yuqori ekani, ayollarning o‘rtacha ta’lim olish muddati taxminan 11,8 yilni tashkil etishi e’tirof etilgan. Shuningdek, parlamentda ayollar ulushi qariyb 34 foizga yetgani ham qayd etilgan.

Biroq hisobotga ko‘ra, turmush o‘rtog‘i tomonidan sodir etiladigan zo‘ravonlik holatlari taxminan 11 foizni tashkil etadi. Moliyaviy inklyuziya darajasi esa 40 foizdan past baholangan.

Ma’lumot uchun, reytingda birinchi o‘rinni Daniya egallab, ayollar tinchligi va xavfsizligi bo‘yicha eng yaxshi davlat sifatida qayd etilgan.

Teglar

Mavzuga oid