add

Ayrim obodonlashtirish xodimlarining farzandlarining kontrakti to‘lab beriladi

06.09.2025 | 08:3022452

Bu imtiyozni olish uchun sanitar tozalash xodimi naq 10 yillik tajribaga ega bo‘lishi, yetmaganiga tanlovda ham g‘alaba qozonishi kerak.

Ayrim obodonlashtirish xodimlarining farzandlarining kontrakti to‘lab beriladi
«Tabiat uyg‘unligi himoyachisi» tanlovi g‘oliblarining farzandlari yoki nabiralariga davlat oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun kontrakt to‘lovlari davlat hisobidan qoplab beriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16 avgustdagi 514-sonli qarorida belgilangan. Tanlovda sanitar tozalash korxonalari va obodonlashtirish boshqarmalarining chiqindilarni yig‘ish, tashish, joylashtirish va saralash ishlarida kamida 10 yil davomida sidqidildan mehnat qilgan ishchilar ishtirok etishi mumkin. Tanlovning navbatdagi bosqichi 2025 yil 1 sentabrda boshlanib, g‘oliblar 8 dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun arafasida aniqlanadi va taqdirlanadi. G‘oliblarning davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan farzandlari yoki nabiralariga kontrakt to‘lovi to‘lab beriladi. Ishtirokchilar 2025-yil 30-sentyabrga qadar arizalarini info@sanitation.uz elektron pochtasiga yoki Chiqindilarni boshqarish va sikulyor iqtisodiyot agentligining hududiy boshqarmalariga yuborishi lozim. Tanlov haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun «1205» va «1275» raqamlariga murojaat qilish mumkin.

Teglar

Mavzuga oid

Ayrim obodonlashtirish xodimlarining farzandlarining kontrakti to‘lab beriladi | Vaqt.uz