add

Aziz Abduhakimov Prezidentning ekologiya bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi

Bugun 15:23401

Prezident farmoniga ko‘ra, Aziz Abduhakimov ekologiya masalalari bo‘yicha Prezident maslahatchisi hamda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.

Aziz Abduhakimov Prezidentning ekologiya bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga binoan, Aziz Abdukaxarovich Abduhakimov ekologiya masalalari bo‘yicha Prezident maslahatchisi — Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.

U shu munosabat bilan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri lavozimidan ozod etildi.

Aziz Abduhakimov 2023 yildan beri Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri sifatida ishlab kelayotgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Vazirlar Mahkamasi tizimidan chiqarilib, uning negizida amaldagi shtat birliklari saqlangan holda, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tashkil etilganligi haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

Aziz Abduhakimov Prezidentning ekologiya bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi | Vaqt.uz