add

BAAda yangi yirik tabiiy gaz zaxiralari aniqlandi

Bugun 17:312781

Sharjah National Oil Corporation (SNOC) Sharja amirligidagi Hedebah gaz-kondensat konida 2025 yilgi qazish ishlari natijasida yangi tabiiy gaz qatlamlarini topdi. Bu zaxiralar amirlikning energetika salohiyatini sezilarli darajada oshirishi kutilmoqda.

BAAda yangi yirik tabiiy gaz zaxiralari aniqlandi

Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja amirligida faoliyat yuritayotgan Sharjah National Oil Corporation (SNOC) kompaniyasi Hedebah gaz-kondensat konida yangi yirik tabiiy gaz zaxiralarini aniqladi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, bu natija 2025 yilgi burg‘ilash dasturi doirasida Hedebah-02 qudug‘ini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish orqali erishilgan.

Anadolu agentligining yozishicha, 4023 metr chuqurlikda qazilgan ushbu quduqda qo‘shimcha gaz qatlamlari mavjudligi tasdiqlangan. Loyiha Sharjaning ichki energiya ehtiyojini qondirish bilan birga, mamlakatning uzoq muddatli energetik xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

SNOCning 2024 yildagi Hedebah-01 razvedka qudug‘i orqali Thamama deb atalgan geologik qatlamda gaz va kondensat zaxiralari topilgan edi. Bu natija konning sanoat miqyosida ishga tushirilishiga zamin yaratdi.

Kompaniya 2025 yildagi Hedebah-02 qudug‘i orqali kon hajmini kengaytirish va yangi qatlamlarni aniqlashda muvaffaqiyat qozondi.

Qayd etilishicha, Xedeyba koni Sharja amirligidagi beshinchi quruqlik koni bo‘lib, so‘nggi besh yil ichidagi ikkinchi yirik kashfiyot sifatida qayd etildi.

Bu nafaqat amirlikning iqtisodiy o‘sishiga, balki energetikadagi mustaqillikka ham hissa qo‘shishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

BAAda yangi yirik tabiiy gaz zaxiralari aniqlandi | Vaqt.uz