add

BAAning Etihad Airways aviakompaniyasi Toshkentga parvozlar uchun ruxsatnoma oldi

03.10.2025 | 15:2022163

Etihad Airways «O‘zaviatsiya»dan Abu-Dabi—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarga ruxsatnoma oldi. Qatnovlar 2026 yil mart oyidan haftasiga olti marta amalga oshiriladi.

BAAning Etihad Airways aviakompaniyasi Toshkentga parvozlar uchun ruxsatnoma oldi
BAAning yirik aviakompaniyalaridan biri Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlar uchun rasmiy ruxsatnoma oldi. Bu haqda Fuqarolik aviatsiyasi agentligi axborot xizmati ma’lum qildi. Yangi yo‘nalish Abu-Dabi—Toshkent—Abu-Dabi yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiriladi. Kompaniya reyslarni Airbus A320 va A321 turkumidagi samolyotlarda bajarishni rejalashtirmoqda. Etihad’ning rejasiga ko‘ra, Toshkent yo‘nalishi 2026 yil 17 martdan boshlab yo‘lga qo‘yiladi. Har haftada olti qatnov amalga oshiriladi. Bu orqali ikki davlat poytaxti o‘rtasidagi aviaaloqa sezilarli darajada kuchayadi. Kompaniya joriy yil iyulida Yevroosiyoning yetti shahriga parvozlar ochish niyatini bildirgan edi. Ular orasida Toshkentdan tashqari Olmaota, Tbilisi, Yerevan, Boku, Buxarest va Madina ham bor. Eslatib o‘tamiz, 2022 yil kuzida Etihad’ning loukosteri Air Arabia Abu Dhabi Toshkent yo‘nalishiga haftasiga ikki reys joriy etgan edi. Shundan keyin kompaniya O‘zbekistonning boshqa shaharlariga ham parvozlar ochish masalasini muhokama qilgan. Etihad Airways — BAAning ikki yirik milliy aviakompaniyasidan biri bo‘lib, Abu-Dabidagi Zoyid xalqaro aeroportida joylashgan. Uning park hajmi 107 ta samolyotdan iborat bo‘lib, kompaniya 120 dan ziyod yo‘nalishda muntazam parvozlarni amalga oshirib keladi.

Teglar

Mavzuga oid

BAAning Etihad Airways aviakompaniyasi Toshkentga parvozlar uchun ruxsatnoma oldi | Vaqt.uz