Bahor yaqin: Ertadan «metan zapravka»lar odatdagidek ishlaydi

10.02.2026 | 18:491 daqiqa

11-fevraldan respublika bo‘ylab, jumladan vodiy viloyatlarida ham «metan zapravka»lar bosqichma-bosqich odatiy ish rejimida faoliyat yurita boshlaydi.

Bahor yaqin: Ertadan «metan zapravka»lar odatdagidek ishlaydi

Ertaga, 11-fevral kuni soat 09:00 dan boshlab respublika bo‘ylab, jumladan vodiy viloyatlarida ham «metan zapravka»lar bosqichma-bosqich odatiy ish rejimida faoliyat yurita boshlaydi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun, 20-yanvar kuni havo harorati pasayishi sababli metan «zapravka»lar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilgandi. 2-fevraldan boshlab esa «metan zapravka»lar soat 10:00 dan 16:00 gacha faoliyat yuritishni boshlagan.

Avvalroq, Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev hozir O‘zbekistonda «metan zapravka» qurishga ruxsat yo‘q ekani va bor «zapravkalar»ga ham gaz yetkazib berisholmayotgani haqida aytgandi.

Teglar

Mavzuga oid

Bahor yaqin: Ertadan «metan zapravka»lar odatdagidek ishlaydi | Vaqt.uz