add

Banklarga omonat qo‘yish ko‘proq kimlarni qiziqtirmoqda?

25.09.2025 | 12:3017492

Markaziy bank taqdim etgan «Bank omonatlari bozori» tahliliga ko‘ra, omonat hisoblarining asosiy qismi 16–30 yoshdagi yoshlar tomonidan ochilgan.

Banklarga omonat qo‘yish ko‘proq kimlarni qiziqtirmoqda?
Hisobot ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu toifadagi aholi 13,3 millionga yaqin omonat ochgan. Bu umumiy ko‘rsatkichda eng yuqori ulush hisoblanadi. Keyingi o‘rinda 31–40 yoshdagi fuqarolar turibdi, ular tomonidan 12,4 million omonat ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Kattaroq yosh toifalarida omonatlar soni ancha past darajada. Bolalar uchun ochilgan omonatlar esa eng kam ko‘rsatkichni tashkil qildi — bor-yo‘g‘i 126,2 ming. Markaziy bank hisobotida ta’kidlanishicha, aholining bank tizimiga ishonchi ortib borayotgani va yoshlar moliyaviy xizmatlardan foydalanishga ko‘proq qiziqish bildirishi omonat bozorining o‘sishiga xizmat qilmoqda. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, kelgusida omonat mahsulotlarini diversifikatsiya qilish va aholi turli qatlamlarini jalb etish orqali bozorda yanada keng qamrovli o‘sish ta’minlanishi mumkin. Avvalroq Markaziy bank bank tizimidagi korrupsiya holatlarini keltirib chiqaruvchi sabablarni tahlil qilish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazgan. Natijalarga ko‘ra, kredit berish jarayonlarida korrupsiya xavfi eng yuqori deb baholandi.  

Teglar

Mavzuga oid

Banklarga omonat qo‘yish ko‘proq kimlarni qiziqtirmoqda? | Vaqt.uz