
«Bashakshehir» Fayzullayev uchun 7,5 mln yevro taklif qilmoqda
15.07.2025 | 21:0034451
Turkiyaning «Bashakshehir» klubi o‘zbekistonlik yosh iste’dod Abbosbek Fayzullayevni xarid qilish uchun 7,5 million yevro va bonuslar to‘lashga tayyor. Bu summa SSKA tomonidan unga sarflangan mablag‘dan 15 barobar yuqori.

Turkiya Superligasida to‘p surayotgan «Bashakshehir» klubi Moskvaning SSKA jamoasida o‘ynayotgan va O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi bo‘lgan Abbosbek Fayzullayevni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida.
«Pervыy sport» Telegram-kanali manbalariga tayanib yozishicha, turk klubi futbolchi uchun 7,5 million yevro va bonuslar to‘lashga tayyor.
Ma’lumotlarga ko‘ra, SSKA Fayzullayevni bor-yo‘g‘i 500 ming yevroga xarid qilgan. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil yozida nihoyasiga yetadi.





