add

Bayram kunlari O‘zbekistonda havo salqinlashadi

29.08.2025 | 16:3014213

Hafta oxirida salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Harorat kunduzi +28…+36, kechasi +13…+16 daraja atrofida bo‘ladi. Ba’zi joylarda shamol kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Bayram kunlari O‘zbekistonda havo salqinlashadi
Hafta oxirida O‘zbekistonda havo salqinlashishi kutilyapti. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi. 29 avgust kuni kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha bulutsiz va issiq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati +36...+39 daraja, cho‘l hududlarda va respublika janubida ba’zi joylarda +41 darajagacha bo‘ladi. 30 avgustdan boshlab respublika hududiga shimoli-g‘arbdan nisbatan salqin havo massalari kirib keladi. Havo harorati asta-sekin pasayib, 30 avgustda +31...36 daraja, 31 avgust- 1 sentabrda +28...+33 darajani tashkil etadi. Kechasi va ertalab salqin havo sezilarli bo‘ladi, 1 sentabrga kelib, harorat kechasi +13...16 darajagacha pasayadi. Shu kunlarda respublika bo‘yicha bulutsiz va quruq ob-havo saqlanib turadi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi kutilmoqda, 30-31 avgust va 1 sentabrda ayrim joylarda ba’zida sekundiga 20-23 metrgacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Toshkentda havo bulutsiz bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-g‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi, 30-31 avgustda sekundiga 10-14 metrgacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Bugun kunduzi harorat +37...+39 daraja, shanba kuni +34...+36 daraja, yakshanba va dushanba kunlari +30...+32 daraja bo‘ladi. Harorat kechalari asta-sekin +13...+15 darajagacha pasayadi.  

Teglar

Mavzuga oid