add

Ba’zi bir blogerlar qimor o‘yinlarini reklama qilgani uchun jazolandi

12.08.2025 | 18:202492

Raqobat qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, bir necha yuz minglab obunachiga ega blogerlar sahifalarida «Melbet» bukmekerlik xizmatlarini reklama qilgan.

Ba’zi bir blogerlar qimor o‘yinlarini reklama qilgani uchun jazolandi
Raqobat qo‘mitasi ko‘p sonli kuzatuvchilarga ega blogerlar o‘z sahifalarida qimor va bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qilayotgani aniqlagan. https://t.me/RaqobatGovUz/10861 Xususan, «Melbet» tovar belgisi va qimor o‘yinlarini targ‘ib qiluvchi sahnalar aks etgan videolarni fuqaro Shamsiddinov Amirxon O‘tkir o‘g‘li (amirxon_uzbek) hamda Ilyosov Doniyor Ma’ruf o‘g‘liga (donik_krash) o‘ziga tegishli sahifalarda joylashtirilgani ma’lum bo‘lgan. Qo‘mita ushbu holatlar yuzasidan blogerlarni belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha hujjatlarni sudga yuborgan. Qonunchilikka ko‘ra, O‘zbekiston hududida qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni reklama qilish qat’iyan taqiqlanadi. Bunday faoliyat bilan shug‘ullanganlar belgilangan javobgarlikka tortiladi.

Teglar

Mavzuga oid