add

Belarus maktablari bu yil 15 mingta birinchi sinf o‘quvchisidan ayrildi

03.09.2025 | 09:3033663

Belarusda birinchi sinfga borayotgan o‘quvchilar soni 14 foizga kamaydi — bu oxirgi yillardagi eng yirik demografik pasayishlardan biridir.

Belarus maktablari bu yil 15 mingta birinchi sinf o‘quvchisidan ayrildi
Belarusda maktablar yangi o‘quv yili arafasida 15 ming nafarga yaqin birinchi sinf o‘quvchisini yo‘qotdi. 2023 yil 1 sentyabrda 105 ming bola maktabga borgan bo‘lsa, bu yil bu ko‘rsatkich 90 mingga tushdi. Bu bir yil ichida 14 foizlik keskin pasayishni anglatadi. Mutaxassislar buni demografik inqiroz belgisi sifatida baholamoqda. Yaqin qo‘shni mamlakatlar bilan taqqoslaganda ham bu pasayish hayratlanarli. Rossiyada bu yil birinchi sinfga borayotganlar soni 16 foizga, Ukrainada esa 20 foizga kamaygan. Ammo ularda urush holati mavjud. Belarusda esa formal jihatdan «to‘liq barqarorlik». Polshada bu ko‘rsatkich 7 foizga, Latviyada 3,5 foizga, Moldova Respublikasida taxminan 5 foizga pasaygan. Belarusda esa birinchi sinfga qabul soni 2020 yildan beri yil sayin tushib bormoqda — 114 mingdan 90 minggacha. Bu pasayishlar mamlakatdan aholining ommaviy chiqib ketishi bilan bog‘liq. 2020 yildan 2025 yil boshigacha kamida 600 ming kishi Belarusni tark etgan. Shu bilan birga, 2024 yilda faqat 59 ming bola tug‘ilgan — bu 2019 yilga nisbatan 1,5 barobar kam. Siyosiy va mafkuraviy omillar ham rol o‘ynamoqda. Ko‘plab oilalar bolalarini davlat patriotik ta’limidan saqlash uchun xorijga ko‘chib ketmoqda. Ayrim maktablarda bolalarga mobil telefonlar taqiqlanadi, birinchi darsda esa Lukashenkoga xat yozilgan. Avvalroq Rossiya maktablarida yangi o‘quv yilini 1,5 millionga yaqin birinchi sinf o‘quvchisi boshlagani va bu so‘nggi ikki yildagi eng katta pasayish bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid