add

«Bir-ikki marta tanqid kaltagini yesa, pishadi», — Zoyir Mirzayev

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev shahar va tuman hokimlarining ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlardan qochishini qoraladi. Uning ta’kidlashicha, hokimlar tanqidni to‘g‘ri qabul qilishni o‘rganishi shart.

«Bir-ikki marta tanqid kaltagini yesa, pishadi», — Zoyir Mirzayev
11 avgust kuni bo‘lib o‘tgan «Hokimlik soati» yig‘ilishida Mirzayev qo‘l ostidagi rahbarlarga murojaat qilib, ijtimoiy tarmoqlar bilan hamkorlik qilish ular uchun foyda keltirishini aytdi. «Ijtimoiy tarmoq bilan hamkor bo‘lmagan hokimning ertangi kuni yo‘q. Qayerga qochasiz? Kameradan qochib bo‘lmaydi. Hokim bo‘lgandan keyin internetga chiqish tabiiy. Faqat maqtab yuborishimiz kerakmi? Bir-ikki marta tanqid kaltagini yesa, pishadi», — dedi u. Mirzayevning so‘zlariga ko‘ra, jurnalistlardan yoki kameradan qochish hokimning obro‘sini saqlab qolmaydi. «Rasmingizni qo‘yib ham tanqid qilaverishadi, shunday ekan, tanqidni hazm qilishni o‘rganish kerak», — deya qo‘shimcha qildi u. Hokim mazkur chaqiriq orqali hududiy rahbarlarni ochiq muloqotga, jamoatchilik va OAV bilan hamkorlikni kuchaytirishga undadi. Uning fikricha, tanqidni to‘g‘ri qabul qilish rahbarning tajribasi va mas’uliyatini oshiradi.

Teglar

Mavzuga oid

«Bir-ikki marta tanqid kaltagini yesa, pishadi», — Zoyir Mirzayev | Vaqt.uz