add

Birjada shakar va paxta tolasi narxlarida pasayish kuzatildi

Bugun 15:10451

O‘tgan hafta davomida o‘tkazilgan birja savdolari avvalgi haftaga nisbatan 11,5 foizga kamaygani ma’lum bo‘ldi.

Birjada shakar va paxta tolasi narxlarida pasayish kuzatildi

O‘tgan hafta, 3–9-noyabr kunlari «O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi» AJning barcha savdo platformalarida 33 668 ta bitim tuzilib, bu avvalgi haftaga nisbatan 11,5 foizga kam. Bu haqda birja axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu bitimlarning 37 foizi birja savdolariga, qolgan 63 foiz qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 12 447 ta bitim tuzildi.

Birja savdolariga 21 213 tonna paxta tolasi qo‘yildi va undan 16 403 tonnasi, ya’ni 77,3 foizi sotildi. Bu davrda barcha navli paxta tolasining bir tonnasining kunlik o‘rtacha narxi 18 mln 282,2 ming so‘mdan 17 mln 963,3 ming so‘mgacha pasaydi.

Shuningdek, o‘tgan haftada birja savdolarida 463 tonna shakar sotildi. Bir tonna shakarning kunlik o‘rtacha narxi 12 mln 870,1 ming so‘mdan 12 mln 866 ming so‘mgacha pasaydi.

Bundan tashqari, o‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 11 103 tonna ammofos qo‘yilib, undan 3 986 tonnasi sotildi. Bir tonna ammofosning kunlik o‘rtacha narxlari 7 mln 915,3 ming so‘mdan 7 mln 694,9 ming so‘mgacha pasaydi.

Teglar

Mavzuga oid

Birjada shakar va paxta tolasi narxlarida pasayish kuzatildi | Vaqt.uz