add

«Birlashishga yuz yil kerak bo‘lsa ham...» — Janubiy Koreya prezidentining murosali bayonoti

05.07.2025 | 08:3014702

Janubiy Koreya prezidenti Li Je Myon mamlakat Konstitutsiyasida belgilanganidek, Shimoliy Koreya bilan tinch yo‘l orqali birlashishga intilish zarurligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «milliy yaxlitlik saqlansa, birlashishga yuzlab yillar kerak bo‘lsa ham, bu muqarrar».

«Birlashishga yuz yil kerak bo‘lsa ham...» — Janubiy Koreya prezidentining murosali bayonoti
Koreya Respublikasi tinch yo‘l bilan birlashishga intilishi lozim, Janub va Shimol, agar milliy umumiylikni saqlab qolsa, «yuz yillar o‘tsa ham birlashishlari mumkin». Bu haqda Koreya Respublikasi prezidenti Li Je Myon bayonot berdi. «Konstitutsiyamizda ham yozilgan: biz tinch birlashuvga intilamiz, singdirishga emas. Singdirish kimga yoqadi? Bu urinishlar katta yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin», - dedi Li Je Myon. Uning ta’kidlashicha, har ikki tomon bir-birini tan olgan holda, o‘zaro manfaatli yo‘l bilan harakat qilishlari kerak. Prezident 1953 yilda tugagan Koreya urushi ortidan 80 yil o‘tganini, tarix nuqtai nazaridan bu uzoq muddat emasligini eslatdi. Shuningdek, Li Chje Myon Janubiy Koreyaning chegaradagi targ‘ibot eshittirishlarini to‘xtatish qaroriga Shimoliy Koreya kutilmagan ijobiy munosabat bildirganini ma’lum qildi. KXDR o‘z tomonidagi shovqinli uskunalarni o‘chirgan. «Munosabat juda tez va kutilganidan ham yuqori darajada bo‘ldi», - деди u.

Teglar

Mavzuga oid