add

Bloger Aziz Hakimov Sherzodxon Qudratxo‘jani haqorat qilgani uchun jarimaga tortildi

13.08.2025 | 15:509013

Aziz Hakimovga haqorat va yolg‘on ma’lumot tarqatgani uchun ma’muriy jarima chorasi qo‘llanilgan. Shuningdek, bloger fuqarolarimizni xorijiy qurolli kuchlarga yollanishni ilgari suruvchi materiallarni tarqatayotganligi aytilmoqda.

Bloger Aziz Hakimov Sherzodxon Qudratxo‘jani haqorat qilgani uchun jarimaga tortildi
Sherzodxon Qudratxo‘janing ma’lum qilishicha, Hakimov uni omma oldida haqorat qilgan va natsizmda ayblagan. Uchtepa tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 202-2-moddasi 1-qismiga (Shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish) asosan blogerni aybli deb topgan va bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari — 18 mln 750 ming so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlagan. Sherzodxon Qudratxo‘ja ishni jinoiy toifaga o‘tkazish niyatida ekanini bildirgan. Shuningdek, u blogerdan 500 mln so‘m tovon puli undirish, omma oldida kechirim so‘rash va unga oid barcha videolarni o‘chirishni talab qilmoqda. Sud mazkur talablarni fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tartibida ko‘rib chiqish mumkinligini qayd etib, Qudratxo‘jaga tegishli sudga murojaat qilish tartibini tushuntirgan. Jamoatchilik faoli Nikita Makarenko o‘z Telegram kanalida: «Aziz Hakimov O‘zSSRni madh etuvchi va O‘zbekiston mustaqilligi qadrini pasaytiruvchi, Ukrainadagi urushni targ‘ib qiluvchi, shuningdek, fuqarolarimizni xorijiy qurolli kuchlarga yollashni ilgari suruvchi materiallarni faol nashr etadi. Mas’ul idoralardan ushbu huquqbuzarliklar bo‘yicha ham tegishli ish qo‘zg‘atishlariga umid qilaman», deya yozmoqda.

Teglar

Mavzuga oid