add

Blogerlar nomidan qalbaki qimor targ‘iboti aniqlandi. Bunda SI yordam bergan

Kecha 23:004671 Daqiqa

Taniqli shaxslarning ovozi va qiyofasi sun’iy intellekt yordamida soxtalashtirilgan videolarda qimor o‘yinlari targ‘ib qilingan.

Blogerlar nomidan qalbaki qimor targ‘iboti aniqlandi. Bunda SI yordam bergan

Raqobat qo‘mitasi blogerlar nomidan sun’iy intellekt orqali soxtalashtirilgan holda qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni reklama qilish holatlarini aniqladi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, internetda dipfeyk video va soxta tasvirlar soni ortib bormoqda. Jumladan, so‘z ustasi Elmurod Xaqnazarovning ovozi Chiken Road nomli qimor o‘yinini targ‘ib qilayotgandek qilib sun’iy ravishda montaj qilingan.

Tekshiruv chog‘ida Xaqnazarov bunday reklama joylashtirmaganini, video sun’iy intellekt yordamida qalbakilashtirilganini bildirib, fuqarolarni firibgarlikdan ehtiyot bo‘lishga chaqirgan.

Shuningdek, qo‘mita dili.me sahifasini yurituvchi D. Nazarov va abdurahmonmufid sahifasi muallifi A. Abduraxmonovlar ham qimor o‘yinlarini reklama qilmaganini aniqlagan. Ular ishtirokidagi videolar ham soxtalashtirilgan.

Qo‘mita fuqarolarga mashhur shaxslar qiyofasi yoki ovozidan foydalanib tayyorlangan sun’iy intellekt mahsuli bo‘lgan xabarlarga ishonmaslikni, taqiqlangan mahsulotlar reklamasiga nisbatan ogoh bo‘lishni tavsiya etdi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli huquqiy baho berish uchun materiallar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Raqobat qo‘mitasi qimor o‘yinlarini targ‘ib qilgan to‘rtta blogerni javobgarlikka tortgandi.

Teglar

Mavzuga oid

Blogerlar nomidan qalbaki qimor targ‘iboti aniqlandi. Bunda SI yordam bergan | Vaqt.uz