add

BMTda Isroilni futbol musobaqalaridan chetlatish talabi qo‘yildi

24.09.2025 | 12:0034082

BMTning inson huquqlari bo‘yicha maxsus ma’ruzachilari Isroilni xalqaro sport maydonlaridan chetlatish orqali G‘azoda davom etayotgan genotsidga qarshi chora ko‘rish zarurligini ta’kidlashdi.

BMTda Isroilni futbol musobaqalaridan chetlatish talabi qo‘yildi
Jenevada tarqatilgan bayonotda aytilishicha, FIFA va UEFA Isroil terma jamoasini musobaqalardan chiqarishi kerak. Ma’ruzachilar fikricha, xalqaro sport tashkilotlari insoniyatga qarshi sodir etilayotgan og‘ir huquqbuzarliklar qarshisida betaraf qolmasligi shart. Bayonot mualliflari BMTning mustaqil xalqaro komissiyasi Isroilning genotsid sodir etayotganini tasdiqlaganini eslatdi. Bu holat xalqaro tashkilotlar orasida Isroilga nisbatan ayblovlar kuchayib borayotganini ko‘rsatmoqda. Ular sport hamjamiyati «hammasi odatdagidek» degan qarashdan voz kechishi kerakligini ta’kidlab o‘tishdi.
«Futbolchilar hukumat qarorlari uchun javobgar bo‘lmasligi shart. Millati yoki kelib chiqishiga qarab sportchilarni jazolash noto‘g‘ri», deyiladi bayonotda.
BMT vakillari FIFA va UEFAga xalqaro huquq doirasidagi majburiyatlarini esga solib, sport tashkilotlari Isroilning okkupatsiya qilingan hududlardagi noqonuniy faoliyatini qonuniylashtirishga xizmat qilmasligi shartligini ta’kidladi.
«G‘azodagi genotsidni to‘xtatish — nafaqat axloqiy, balki xalqaro huquqiy majburiyatdir», deyiladi bayonot yakunida.

Teglar

Mavzuga oid